Google kompaniyasi özining Pixel telefonlari uçun Android 10 operatsion tizimini çiqarganini ma'lum qildi. Yaqin orada yangi operatsion tizimga ötiş imkoniyati boşqa kompaniyalar smartfonlarida ham paydo böladi.
Yangi tizimda videodagi nutqni subtitrlarga aylantiruvçi Live Caption funksiyasi paydo böldi.

Şuningdek, “Qora mavzu” rejimini yoqiş imkoniyati hamda smartfonda harakatlaniş uçun qöşimça imo-işoralar paydo böldi. Bu imo-işoralar yordamida orqaga qaytiş, boş ekranni oçiş va dasturlar orasida ötiş mumkin. Daxlsizlikka katta ahamiyat qaratilgan: endi dasturlarga foydalanuvçining joylaşgan örni haqidagi ma'lumotlarni fon rejimida emas, balki dastur faol bölganda olişga ruxsat beriladi.


Yangi operatsion tizimda işdan çalğituvçi barça dasturlarni bloklovçi Focus Mode rejimi, şuningdek, ota-onalarga farzandlari smartfon yoki ma'lum dasturlar ortida qança vaqt ötkazayotganini nazorat qilişga imkon beruvçi Family Link funksiyasi paydo bölgan.












