Jahon | 15:17 / 05.06.2020
12089
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya neft va migrantlar tufayli Turkiya bilan urushga tayyorligini ma'lum qildi

Avvalroq iste'fodagi vitse-admiral Diakopulos Gretsiya Turkiya bilan munosabatlar keskinlashishi ortidan vaziyatning har qanday ko‘rinishdagi rivojiga tayyorlanayotganini aytgandi. 

Foto: Milos Bicanski / Getty Images

Gretsiya Turkiya bilan siyosiy nizoni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyor. Bu haqda Gretsiya mudofaa vaziri Nikos Panayotopulos ma'lum qildi, deb yozadi «Katimerini» nashri.

«Oxirgi vaqtda Turkiyaning o‘zini tutishi ancha tajovuzkor bo‘ldi. Men Gretsiya uchun buni hal qilishning yagona yo‘li diplomatik vositalardan foydalanish, ikkinchi yo‘li esa qurolli kuchlarni kuchaytirish deb hisoblayman», — dedi u. 

Jurnalistlar undan bosh vazirning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Aleksandros Diakopulosning Gretsiya harbiy nizoga tayyorligi haqidagi so‘zlarini tasdiqlashi mumkinligi haqida so‘rashganida, mudofaa vaziri «ha» deb javob qaytargan.

Avvalroq iste'fodagi vitse-admiral Diakopulos Gretsiya Turkiya bilan munosabatlar keskinlashishi ortidan vaziyatning har qanday ko‘rinishdagi rivojiga tayyorlanayotganini aytgandi. 

«U biz har qanday holatga tayyorlanayotganimizni aytdi. Harbiy ishtirok ham shular qatoriga kiradi. Biz buni istamaymiz. Ammo suveren huquqlarimizni himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz», — dedi Panayotopulos.

28 fevralda Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan keyin migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegarasini ochib yubordi. Shundan so‘ng yuz mingdan ortiq qochqinlar Gretsiya hududiga o‘tdi. Gretsiya bosh vaziri Turkiyani migrantlar kontrabandachisi deb atadi

Bundan tashqari, Turkiyaning "Fotih" burg‘ulash kemasi YeIning sanksiyalar tahdidiga qaramasdan Kipr sohillari yaqinidagi uglevodorod konlarida geologiya-razvedka ishlariga kirishdi

Mavzuga oid