Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Yevroittifoq tahdidiga qaramasdan Kipr sohillarida burg‘ilash ishlarini boshladi
Turkiyaning "Fotih" burg‘ulash kemasi YeIning sanksiyalar tahdidiga qaramasdan Kipr sohillari yaqinidagi uglevodorod konlarida geologiya-razvedka ishlariga kirishdi. Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtoy ma'lum qildi.
"Fotih" kemasi Turkiya shelfidagi razvedka va burg‘ilash ishlarini yakunladi va Kiprdagi Karpas yarim oroli janubida yangi missiyaga kirishdi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu agentligi.
U YeI sanksiyalari Anqaraning O‘rta yer dengizining sharqiy qismidagi konlarda razvedka ishlari olib borish rejasiga ta'sir ko‘rsatmasligini aytdi.
Avvalroq Kipr hukumati Turkiyaning alohida iqtisodiy hudud va Kipr respublikasi shelfida burg‘ilash ishlarini olib borish rejasini qoralagandi.
Dushanba kuni YeI kengashi Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizida burg‘ilash ishlarini olib borishiga javoban cheklov choralari kiritilishini ma'qulladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026