Içki işlar vazirining “Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy işlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi buyruği loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, şuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yöl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etişning avtomatlaştirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda keçiktirib bölmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilganda haydovçilarning ma'muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy iş Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

Huquqbuzar unga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab ön beş kun içida jarima miqdorining yetmiş foizini ixtiyoriy ravişda tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qilinadi, quyidagi hollar bundan mustasno:

ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uçun sud tomonidan jarima solinganda;

jarima soliş töğrisidagi qaror ustidan şikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.

Majburiy ijroga qaratilgan jarima soliş töğrisidagi qaror ijro etilganidan söng davlat ijroçisi ijro işini yuritişni tamomlaş töğrisida qaror çiqaradi va uning bir nusxasini uni çiqargan organga (mansabdor şaxsga) yoki sudga yuboradi.