Qaror bilan, internetda xizmatlar körsatuvçi (işlar bajaruvçi) özini özi band qilgan şaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilmoqda:
- körsatilgan xizmatlar (bajarilgan işlar) uçun çet eldagi jismoniy va yuridik şaxslar – norezidentlardan xorijiy valutadagi tölovlarni Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegişli ma'lumotlarni kiritmagan holda Özbekiston banklaridagi hisobraqamlariga qabul qiliş;
- kontrakt tuzmasdan, kelişuv töğrisidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qiliş yoki elektron yozişmalar almaşiş yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), şu jumladan, elektron şaklda taqdim qiliş yöli bilan çet ellik jismoniy va yuridik şaxslarga xizmatlar körsatiş (işlar bajariş).
Qarorga asosan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasiga kelasi yilda «Biznes navigator» axborot tizimini joriy etiş vazifasi yuklatildi.
Tizim quyidagilarga imkon yaratuvçi servislardan real vaqt rejimida foydalanişga yordam berişi közda tutilgan:
- tadbirkorlik faoliyatining tegişli hududdagi raqobatbardoş turini tanlaş;
- kredit oliş uçun zarur bölgan biznes-reja loyihasi va hujjatlar töplamini şakllantiriş;
- tegişli tadbirkorlik faoliyati uçun taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar töğrisida ma'lumot oliş;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun köçmas mulk obektlarini tanlaş.
Tizimni yaratiş böyiça buyurtmaçi etib Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi belgilandi.
Loyiha Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.










