AQŞ Kongressi Vakillar palatasi tomonidan Özbekistonga nisbatan «Jyekson-Venik» tuzatişini bekor qiliş töğrisidagi rezolyutsiya qabul qilinişi taşabbusi bilan çiqadi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Uşbu masala ikki mamlakat qonun çiqaruvçilarining onlayn-brifingida muhokama qilindi. Özbekiston tomonidan Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev, şuningdek Senatning boşqa a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari iştirok etdi.

Şuningdek, Kongressda «Özbekiston böyiça Kokus» tarkibini kengaytiriş va Kongress tomonidan mustaqillikni qöllab-quvvatlaş hamda Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikni yanada rivojlantiriş böyiça maxsus rezolyutsiya qabul qiliş masalasi körib çiqilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Jyekson-Venik» tuzatişi 1974 yilda Kongress a'zolari G. Jyekson va Ç. Venik tomonidan «1974 yilda savdo töğrisidagi qonun»ga kiritilgan yuridik qoidadir. Tuzatiş erkin emigratsiyani çeklaş va davlat antisemitizmi siyosatini olib boruvçi davlatlarga nisbatan savdo hamda moliyaviy çeklovlar joriy etiş maqsadida qabul qilingan.

SSSR parçalangandan söng, tuzatiş avtomatik ravişda barça MDH davlatlariga, şu jumladan Özbekistonga ham tatbiq etildi. Ularda AQŞga bozor iqtisodiyoti bölmagan mamlakatlardan olib kiriladigan tovarlar uçun diskriminatsion tariflar hamda yiğimlardan foydalaniş, şuningdek, davlat kreditlari va kredit kafolatlari berilişini taqiqlaş nazarda tutilgan.

Hozirda Özbekistonga nisbatan vaqtinça voz keçiş (waiver) joriy qilingan, uşbu özgartirişlar AQŞ Kongressidagi eşituvlarda har yili körib çiqilişi kerak.