O‘zbekiston | 15:35 / 12.06.2020
18328
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3700ga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda 63 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha ushbu kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 3700 nafarga yetgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 50 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 63 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2016 yil tug‘ilgan. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 48 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 46 nafar, Toshkent viloyati va  Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 38 yoshda, kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Surxondaryo viloyatidan 2 nafar, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidan 1 nafardan.

Endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1733 nafarga yetdi.

12 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 4819 kishida kasallik aniqlangan. Shu vaqtgacha 19 bemor vafot etgan, 3700 kishi tuzalgan.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1100 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid