Uzunligi 2,9 kilometr bölgan "Turkiston" va "Yunusobod" metro bekatlarida quriliş-montaj va pardozlaş işlari nihoyasiga yetib, "Şahriston" bekatiga ulandi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilişiça, metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlaniş işlari amalga oşirildi.


Yunusobod tumanida 2001 yilning avgust oyida 7,6 kilometrlik 6 ta bekatdan iborat “Yunusobod” yer osti metro yölining 1-bosqiçi işga tuşirilgan edi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan 2016 yilning dekabridan "Özbekiston temir yöllari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Yunusobod” yönalişining "Yunusobod" va "Turkiston" bekatlarigaça bölgan uzunligi 2,9 kilometrdan iborat bitkazilmay qolgan hududida bunyodkorlik işlari boşlab yuborilgandi.
Uşbu loyiha "Özbekiston temir yöllari" aksiyadorlik jamiyatining "Köprikquriliş tresti" unitar korxonasi tizimidagi 67-Köprikquriliş otryadi mutaxassislari tomonidan bajarildi. "Toşkent metro loyiha" mas'uliyati çeklangan jamiyati loyihalari asosida bunyodkorlik işlari bajarilgan obektning umumiy qiymati 103,8 million AQŞ dollarini taşkil etadi.


“E'tiborlisi, imkoniyati çeklangan, közi ojiz yölovçilar uçun ham bekatlar platformasida qulay va xavfsiz maxsus börtib çiqqan taktil plitkalar yotqizilganligi poyezd vagonlariga çiqişda qöşimça xavfsizlikni ta'minlaş imkonini beradi. Şuningdek, bekatlarga tuşiş va çiqiş zinalarida nogironlar aravaçasi bilan kirib çiqişda foydalaniladigan zamonaviy qiyali elektromobil aravaçalari bilan jihozlanganligi imkoniyati çeklangan yölovçilarning zinalardan tuşiş va kötarilişi uçun qöşimça qulaylik yaratadi”, deyiladi xabarda.
Yunusobod yönalişi "Yunus Rajabiy" bekatidan Çilonzor yölining "Amir Temur" hamda "Ming örik" bekatidan esa Özbekiston yölining "Oybek" bekatiga ulanadi. Uşbu yönalişning yangi bekatlari foydalanişga topşirilgaç, bir kunda "Yunusobod" bekatida qöşimça 5 ming yölovçiga, "Turkiston" bekatida esa 2,5 ming yölovçiga xizmat körsatiladi.
















