«Bularning hammasi oldingi davrdan qolib ketgan işlar. Ilgari obodonlaştiriş işlariga davlat tomonidan mablağ ajratilmasdi. Daraxt ekiş, daraxt oqlaş, köçalarni tozalaş uçun pul berilmasdi. Hozir buning uçun jamoatçilik fondi taşkil etilgan.

Lekin baribir öqituvçi, tibbiyot yoki boşqa xodimlar olib çiqilyapti. Çunki jamoatçilikning işsiz vakillarini işga taklif qiliş uçun yuriş kerak, mahalladan aniqlaş kerak. Bu esa mehnatni talab qiladi, şu mehnatdan qoçib, tayyor, «xöp böladi» deydigan xodimlarga köça supurtirişga örganib qolişgan. Bundan mutlaqo voz keçiş kerak.

Biz hozir qonunlar ustuvorligi zamonasida yaşayapmiz. Pul berilmayotgan bölsa ham mayli edi, hozir davlat rahbari pul beryapti, jamğarma doimiy ravişda davlat budjeti hisobidan moliyalaştirilyapti. Hozir mablağ, şaroit nuqtayi nazardan muammo yöq, faqatgina taşkillaştiriş kerak xolos», dedi Tanzila Norboyeva Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyaning navbatdagi majlisida.

Şuningdek, komisssiya raisi majburiy mehnat holatlarining xalqaro reytinglarga ta'siri xususida töxtalib ötdi.

«Majburiy mehnat masalasi bilan dastlab şuğullana boşlaganimizda dunyoning muammosi bor edi. Hozir arzimagan bir-ikki tumanda harbiylarning işlaşi, obodonlaştiriş işlariga odamlarni jamoatçilik asosida jalb qilmasdan, osongina budjet taşkiloti xodimlarining çiqarilişini hal qiliş qoldi, xolos.

Xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston imijini yaxşilaş böyiça iş boşlandi. Komissiya şuğullanayotgan masalalar – odam savdosi, inson huquqlari, majburiy mehnat esa reytinglarga ta'sir qiladigan körsatkiçlar hisoblanadi.

Ataylab qilasizmi, bilmasdan qilib qöyasizmi, bu borada qaysi sektor rahbari qonun buzilişiga qöl uradigan bölsa, biz uni egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb masalani davlat rahbariga kiritamiz. Bundan keyin bunaqasi ketmaydi», deya Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.