Tahririyatga karantin davrida haydovçilarni asossiz jarimaga tortib, avtomaşinalarining olib qöyilayotgani borasida köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Kun.uz’da maşinalarning jarima maydoniga olib qöyilayotgani tahlil qilingaç, bu kabi murojaatlar soni yanada ortdi.
Açinarlisi, ayrim hollarda haydovçining qoidani buzmagani ma'lum bölganidan söng ham uning huquqi tiklanmayotganiga guvoh bölmoqdamiz.
Murojaat egalaridan biri şunday yozadi:
«1 iyun kuni Samarqand viloyat hokimi ijtimoiy tarmoqlarda çiqiş qildi. Soat 7:00dan 10:00gaça va 17:00dan 20:00gaça Samarqand şahrida avtomobillar harakatlanişiga ruxsat berilgandi. Garçi şunga asoslanib, barça qoidalarga rioya qilib köçaga çiqqan bölsam-da, öşa kunning özida soat 9:42da avtomaşinamni olib qöyişdi. 3 million 200 ming söm tölaşga majbur böldim», — deb yozadi Samarqand şahrida istiqomat qiluvçi U.Faxriddinov.
Odatda, viloyat IIB hamda YHXB vakillari «bu protokollarni bizning xodimlar emas, SES xodimlari töldirişadi», deb kelişmoqda. DSENI xodimlari esa buning aksini ma'lum qilişadi. Murojaatlarda esa har ikki holatga guvoh böliş mumkin. Jumladan, yuqoridagi murojaatda aynan YHXB xodimlari bayonnoma tuzganini ma'lum qilişgan.
Samarqand viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasida bölib, qoidani buzmagan, ammo jarima qöllanilib maşinasi olib qöyilgan, jarimani şu kungaça tölab bölgan haydovçilar taqdiri bilan qiziqdik. Ya'ni, endi ular noqonuniy tuzilgan bayonnoma oqibatida tölagan jarima mablağlarini qaytara oladimi-yöqmi? DSENI vakili esa aniq qilib javob bermoqda: «Qaytarib berilmaydi!»
Rostdan ham ayrim vaziyatlarda karantin xuddi qonunsizlikka öxşab qolmoqda.
Avvalroq ham aynan ruxsat berilgan vaqtda maşinasi olib qöyilgan haydovçilar murojaatlari asosida maqola e'lon qilingan edi. Ammo na IIB, na YHXB va na Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bunga rasmiy munosabat bildirgani yöq.
Yana bir murojaat egasi – Past Darğom tumanida yaşovçi B.Botirov esa biz bilan muloqotda şunday deydi:
«13 iyun kuni soat 11:00larda şaxsiy maşinamda turmuş örtoğimni stomatologga olib boriş uçun Juma şahriga bordim. Kiriş postida 4 nafar YPX va bir nafar SES xodimi maşinamni töxtatişdi. Maqsadimni aytgaç, ularning ruxsati bilangina şaharga kirgandim. Heç qança yurmasimdan boşqa YPX xodimi töxtatib yana postga olib keldi va boyagina menga ruxsat bergan SES va YPX xodimlari bayonnoma töldirişdi. Holbuki, şu kundan Juma şahrida karantin çeklovlari yumşatilib, bozor va dökonlargaça oçilgan edi. Oxir-oqibat, men uç million sömdan ortiq jarima tölaşga majbur böldim».
Şu örinda savol tuğiladi: agar haydovçi qaysidir qoidani buzgan yoxud Juma şahriga hali kiriş taqiqlangan bölsa, nega u kiritilmoqda-yu, keyin köp ötmay töxtatilib, jarimaga tortilmoqda?
Haydovçilar orasida amallab öz huquqini talab qilib, jarimani bekor qildira olganlari ham bor. Jumladan, 3 iyun kuni Past Darğom tumanidagi Hosilot qişloğida yaşovçi M.Xöjanov şaxsiy maşinasida yolğiz çömiliş havzasiga borayotganida tuman IIB inspektori tomonidan töxtatilib karantin qoidalarini buzgan, degan vaj bilan bayonnoma rasmiylaştirilgan. Samarqand viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boşqarmasi boşliği buyruği bilan esa bu bayonnomaga oid iş tugatilişi töğrisida qaror çiqarilgan.

Mazkur holat şuni anglatadiki, haydovçilarga noqonuniy tarzda jarima qöllanilayotgani bor gap. Faqat, hamma ham öz huquqlarini tiklay olmayapti. Afsuski, hamma gap tegişli idoralarning bu boradagi qonunsizlikka barham beriş istagini namoyon qilişiga boğliq bölib qolmoqda.
Anvar Mustafoqulov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga doir:
Ma'muriy sud karantin qoidalarini buzganlikda ayblangan haydovçini aybsiz deb topdi
Karantin qonunsizlik degani emas: jarima maydoniga qöyilgan avtomobillar qöyib yuborilişi kerak













