Kiberxavfsizlik markazidan ma'lum qilişlariça, sönggi vaqtlarda soxta onlayn-kazinolar va azart öyinlar vositasida internet foydalanuvçilarining pullarini özlaştiriş holatlari köpaymoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan, internetda osonlikça katta pul işlaş mumkinligi haqidagi e'lonlarda foydalanuvçilarga onlayn kazinolar va boşqa turdagi azart öyinlar iştirokçisiga aylaniş taklif etilmoqda.

Bunda foydalanuvçiga soxta saytlardagi (masalan: «https://vulcan-pllatinum.club/ip207.154.211.25») akkauntlar taqdim etiladi. Bu kabi saytlar kişining onlayn kazinoda yutuq yutişi va hisobiga pul mablaği ötkazib berilişi jarayonini soxta tarzda taşkil etiş uçun möljallangan bölib, pul yutib olgan foydalanuvçiga göyoki yutgan mablağini olişi uçun «pul köçiriş komissiyasi» tölaşi kerakligi aytiladi. «Pul köçiriş komissiyasi» uçun tölangan pullar esa firibgarlar hisobiga borib tuşadi.

Onlayn-kazino va boşqa azart öyin portallarining haqiqiyligini tekşiriş imkoniyati yöqligi – bu kabi qonunga zid platformalar samarali işlab ketişining sabablaridan biridir.

Ma'lumki, onlayn-kazino va boşqa azart öyinlar köplab davlatlarda taqiqlangan, bunday portallarni bloklaş çoralari köriladi. Ammo onlayn platformalari egalari bloklanişdan qoçiş maqsadida doimiy ravişda domen nomi va serverlarini özgartirib turadi», – deyiladi «Kiberxavfsizlik markazi» DUK xabarida.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni qonunga xilof ravişda taşkil etganlik hamda ötkazganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Kiberxavfsizlik markazi internetdagi firibgarlar tuzoğiga tuşmaslik uçun azart öyinlarda iştirok etmaslik, şaxsiy axborotlar, bank kartalari raqamlari va bank kartalaridagi operatsiyalar bilan boğliq holda yuboriladigan SMS-xabarnomalardagi ma'lumotlarni begona şaxslarga bermaslikni tavsiya qiladi.