Rustam Xolmatovning aytişiça, taşkilot qurilişni vaqtida bajara olmasa, oyma-oy, kunma-kun hisoblangan parametrlardan asossiz ravişda ortda qolsa, holat atrofliça örganib çiqiladi, asossiz ravişda şunday qilgan bölsa, tuzilgan şartnoma bekor qilinadi.
Toşkent viloyati hokimi bu haqda viloyatdagi quriliş taşkilotlari rahbarlari bilan uçraşuvda aytib ötdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan yiğilişda quriliş sohasida şu çoqqaça yöl qöyilgan kamçiliklar tahlil qilingan.
«Qiziq fakt. Turli dasturlar va rasmiy topşiriqlar böyiça qurilişi kerak bölgan bitta obektda, viloyatda örtaça 24 ta quriliş taşkiloti töğri kelyapti. Buning sababi nima? Yaşirib nima qildik, şunday davrlar böldiki, quriliş sohasida korrupsiya avj oldi, ajratilgan mablağning enidan-böyidan urib qoliş evaziga sifatsiz qurilgan binolarni kördik, köryapmiz», – dedi Rustam Xolmatov.
Majlisda quriliş işlarini sohaning öz egalari olib borişi muhimligi ta'kidlangan.

«Sobiq hokim, prokuror, soliq idorasining rahbarlaridan biri bölib işlagan odam keyinçalik quriliş taşkiloti oçgan. Nega?! Axir u quruvçi emas-ku! Çunki qurilişda «otkat» bor, pul bor. Men özim şundaylarning biri bilan suhbatlaşdim. «Nima qura olasan?», deb sörasam: «Nima qur desangiz, quraman!», deydi. Yöq, bu – endi quruvçining gapi emas. Obekt olib, uni yollanma işçilarga topşirib, örtada pul işlaydigan örtakaşning gapi bu», deya ta'kidladi viloyat rahbari.
Viloyat hokimi Parkentda qurib bitkazilgan bölsa-da, ayrim kamçiliklari borligi uçun hali qabul qilib olinmagan, budjetdan ajratilgan mablağlar töla özlaştirilmagan maktabgaça ta'lim taşkilotining bahordagi kuçli şamol natijasida tomi uçib ketganini yodga olib, endilikda yana mablağ sarflab inşootni qayta qurayotgan quruvçi uçun bu katta saboq bölişi zarurligini ta'kidladi.
Bundan taşqari, uçruşuvda Angren şahrida 2018 yili foydalanişga topşirilişi belgilangan maktabgaça ta'lim taşkiloti haligaça foydalanişga topşirilmagani, sifatsiz quriliş materiallaridan foydalaniş oqibatida binoning taqdiri noma'lum qolayotgani tanqid qilindi. 2019 yilda şahar va tumanlar hokimlarining tavsiyasi asosida obektlar uçun quriliş korxonalari tanlangan bölsa, joriy yil oçiq tender yöli bilan quruvçilar saralab olingan.
















