Özbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yaqinda bölib ötgan majlisida birinçi öqişda qabul qilingan edi. Ayni paytda uşbu hujjat mas'ul qömita tomonidan ikkinçi öqişga tayyorlanmoqda.
Parlament saytida yozilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi tomonidan videokonferensiya tarzida taşkil etilgan tadbir uşbu qonun loyihasi muhokamasiga bağişlandi.
Qayd etilganidek, qonun loyihasida bir qator yangiliklar közda tutilgan. Misol uçun, Jinoyat kodeksining amaldagi tahririda faqat yoş bolani parvariş qilayotgan ayolning huquqlarini buzganlik uçun javobgarlik belgilangan. Qonun loyihasida esa yoş bolani parvariş qilayotgan şaxsning, ya'ni ayol yoki erkakning mehnat huquqlarini buzganlik uçun javobgarlikni belgilaş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksni tazyiq va zöravonlik sodir etgan yoki sodir etişga moyil bölgan şaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uçun javobgarlik haqidagi yangi modda bilan töldiriş taklif etilmoqda.
Tadbirda aynan tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollarga beriladigan himoya orderi masalasi xotin-qizlar manfaatlarini himoya qiliş böyiça faoliyat olib boradigan NNT vakillari tomonidan bahs-munozaralarga sabab böldi. Jumladan, Reabilitatsiya va moslaştiriş markazlari mas'ullari iştirokçilarga himoya orderi tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga davlat himoyasini taqdim etuvçi huquqiy hujjat ekanligini qayd etişdi. Hozirgi kunda mingdan ortiq jabrlangan ayollar himoyaga olingani va ularga amaliy çoralar bilan bir vaqtda ruhiy yordam ham berilayotgani, şu bilan birga, himoya orderining zarurligi haqida ma'lumotlar berişdi.
Muhokamalar jarayonida xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş yönalişida mavjud bölgan muammolar va yeçimini kutayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi davlat organlari hamda NNT vakillarining fikr-mulohazalari hamda taklif va tavsiyalari tinglandi.







