Respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, Özbekiston ham 15 iyundan xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklay boşladi, xorijdan keluvçi reyslar ham «yaşil», «sariq» va «qizil» reyslarga ajratildi. Yölovçilarga ham, aviataşuvçilarga ham qator talablar qöyildi.

Bir qaraşda hammasi risoladagiday, tartiblarga amal qilinadi va uçib ketilaveradi. Ammo qator savollar borki, ularning javobi yo öta mavhum berilmoqda, yoki oçiq qoldirilmoqda.

Misol uçun:

  • Ruxsat berilganlar röyxatida davolaniş uçun kelayotgan (çiqayotgan) va xorijda yaqin qarindoşlari yoxud oğir kasal bölgan qarindoş-uruğlari mavjud bölgan şaxslar ham bor. Ular buning uçun qanday hujjatlarni qaysi taşkilotga taqdim etişlari va qay tartibda ruxsat olişlari lozim?
  • Dastlabki bosqiçda umumiy reyslarning neça foizini tiklaş rejalaştirilgan? Qaçon xorijiy muntazam reyslarga barça kassalarda çiptalar sotuvi boşlanadi?
  • Ruxsat berilganlar toifasiga yana “Özbekistonda doimiy röyxatdan ötgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek, xorijiy davlatda doimiy röyxatdan ötgan Özbekiston fuqarolari” deyilgan. Bu xorijiy davlatlarda vaqtinça röyxatdan ötgan yoki nolegal maqomiga tuşib qolganlarga ruxsat berilmasligini anglatadimi?
  • Samolyotlar bu qadar çeklovlar bilan uçirilişi parvozlarni oqlaydimi, ya'ni «Uzbekistan Airways» çiptalari sotilmay qoliş xavfi tuğilmaydimi?
  • Karantin davridagi xalqaro parvozlar uçun yölovçilar joylaşuvi böyiça nizom işlab çiqilganmi? Avval xabar berilgan “3 qatorlik çeklov”, ya'ni uçtalik örinlarda faqat bir kişi ötiradigan çeklovga amal qilinadimi?
  • Içki reyslarda karantin qoidalariga qat'iy amal qilinişi belgilangandi. Ammo nega bu reja amalga oşmadi (Urganç - Toşkent yönalişidagi holat misol böla oladi)?
  • Eng muhimi, dunyoning köplab davlatlari karantin şaroitiga moslaşdi, tavakkal qilib aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qaçon Özbekiston fuqarolari va yurtimizga keluvçilar erkin tarzda aviaçipta xarid qilib, bemalol parvoz qila boşlaydilar? Axir koronavirusning butkul yöqolib ketişini kutişda mantiq yöqligi ayon bölmoqdaku.

Şu va boşqa savollar bilan Özbekiston Respublikasi transport vazirligiga bir neça marta murojaat qildik. Ammo birorta javob ola bilmadik. Vazirlik matbuot xizmati mavzu yuzasidan maxsus brifing uyuştirişga va'da berdi, hatto bu tadbir muddati belgilandi ham. Lekin özlariga ma'lum sabab bilan brifing ötkazilmadi. Tayyorligi aytilgan bitta bayonotni öqib, heç bölmasa eng muhim savollarga javob berişning imkoni topilmadi. Qoldirilgan brifing yaqin kunlarda ötkazilişi haqida bildirişdi, ammo bu ham amalga oşmadi.