Davlat xavfsizlik xizmatidan Kun.uz'ga ma'lum qilişlariça, xizmatning Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Xovos tumanida yaşovçi fuqaro A.L.ning arizasiga binoan 24 iyun kuni tezkor tadbir ötkazilgan.

Jarayonda Boyovut tumani Bandlikka kömaklaşiş markazi Mehnat huquqi inspektori yordamçisi J.S. Boyovut tumani tibbiyot birlaşmasiga hamşiralik lavozimiga işga kiritib qöyiş evaziga 300 AQŞ dollari miqdorida pora olayotgan vaqtga qölga olingan.

Bundan taşqari, J.S. Boyovut tumanida yaşovçi yana bir fuqaro I.M.dan Boyovut tumani Tibbiyot birlaşmasiga hamşiralik lavozimiga işga kiritiş uçun hamkasbi – Boyovut tumani Bandlikka kömaklaşiş markazi Jamoat işlari mutaxassisi yordamçisi A.P.ning imkoniyatlari orqali avval ham 300 AQŞ dollari miqdorida pora olganlik holati aniqlangan.

Olib borilgan tadbir davomida J.S. şu yilning 18 iyun kuni Boyovut tumanida yaşovçi yana bir fuqaro X.L.dan Boyovut tumani Tibbiyot birlaşmasiga farroşlikka işga joylaştirişga amaliy yordam beriş uçun 2,4 mln. söm miqdorida pul olgani aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirilgan.

Hozirda Sirdaryo viloyati IIB tomonidan J.S. va A.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan («Firibgarlik») jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.