Farğona viloyati Qöştepa tumanida bugungi kunda jami 1435 ta yuridik, 37257 ta aholi elektr energiyasi iste'molçilari mavjud.

Tuman hududini 10 dona turli quvvatdagi podstansiyalar barqaror elektr energiya bilan ta'minlaydi.

110/6 kV “Oçistnaya” podstansiyasi tumandagi 100 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari hamda 12300 dan ortiq aholi iste'molçilarini elektr energiyasi bilan ta'minlab kelmoqda.

Jumladan, “Marğilon mexanika ta'mirlaş”, “Fergana global tekstil”, “Olimjon farm medikal”, “Agromaks dolina”, “Fergana valley” MÇJlar, “Şukur davlat” KTFX hamda YaTT “Musayev” kabi tumanning yirik işlab çiqaruvçi korxonalari elektr energiyasi bilan aynan yuqoridagi 110/6 “Oçistnaya” podstansiyasi orqali ta'minlanadi.

Şu kunga qadar, 110/6 kVli “Oçistnaya” podstansiyasida bir dona 10 000 kVA quvvatdagi kuç transformatori mavjud bölib, aholi iste'molçilarining vaqt ötişi bilan elektr energiyasiga bölgan talabining ortişi, tadbirkorlarning işlab çiqariş quvvatlari kengayişi  natijasida, uşbu podstansiya quvvatini oşiriş zarurati tuğildi.

Farğona viloyati böylab Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakili biznes-ombudsman tomonidan ötkazilayotgan örganişlar davomida hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ taşabbusi bilan qisqa vaqt içida uşbu podstansiya quvvatini orttiriş belgilandi.

Hozirda podstansiyaga qöşimça 16 000 kVA quvvatdagi yangi kuç transformatorini örnatiş, kerakli elektr qurilmalarni joylaştiriş orqali 110/6 “Oçistnaya” podstansiyasi jami quvvati 1,5 barobarga ortdi.
Bu öz navbatida, faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining elektr energiyasiga bölgan talabi töliq qondirilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati, barqarorligi ortişiga va eng muhimi qöşimça 16 mVt quvvat zaxirasi yaratilmoqda.

Uşbu loyiha yakuni bilan nafaqat iste'molçilarni elektr energiyasi bilan ta'minlab, balki istiqbolda yangidan taşkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining köpayişiga, işlab çiqariş mahsulotlarini ortişiga hamda Qöştepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga zamin yaratiladi.