«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan masalaga töxtalmasak bölmaydi. Böstonliqning tepasida bolalar sil kasalliklari sihatgohi [Çimyon bolalar sil kasalligiga qarşi kuraşiş davolaş maskani] bor, butun respublikadan bemor bolalar kelib şu yerda davolanadi. Şu sihatgohga tegişli yer talon-toroj qilingan. Kimdir uy qurib olgan, kimdir endi quryapti.
Ana şu yerda bir qizning uyi buzildi. Özi suvning yöliga qurib olgan. Ertaga kuçliroq yoğin bölsa, sel kelib hammasini oqizib ketadi. U ijtimoiy tarmoqqa çiqib nima dedi? Voy-dod, ogohlantirişsiz uyimni buzyapti, mana buni qaranglar degan gapni gapirdi.
Ogohlantiriş bir marta bölgan emas. Ikki oydan beri: «Hov, baraka topkur, qurmagin, töxta, bu noqonuniy», deb ogohlantiramiz. Hujjatim bor deb çiqdi. Bugun [press-tur 2 iyul kuni taşkillaştirilgan] şu joyga borganlaringizda hujjatini söranglar.
Qölidagi hujjat qanaqa hujjat?! 2019 yilda 1998 yildagi hujjatni qalbakilaştirgan. Sababi qaynotasi mahalla raisi bölgan. Özining vafot etib ketgan ayoliga hujjat qilgan, ikkita farzandiga hujjat qilgan-da, mana şuni keyin yer ajratiş töğrisidagi tuman hokimining qarorini çiqartirib olgan. Söngra davlat xizmatlari markaziga borib mulkka nisbatan egalik huquqini rasmiylaştirgan. Hammasi qalbaki hujjatlar. Mahalla raisi qolgan uylarning hujjatlarni ham qalbakilaştirgan», deya Xolmömin Yodgorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Oliy sud raisi örinbosarining qayd etişiça, Böstonliqda öz uyida yaşab kelayotgan birorta odamning uyi buzilmagan. Butun respublika böyiça buzilişi kerak bölgan, noqonuniy qurilgan uylarni buzişni karantin paytida töxtatib qöyilgan.


«Karantin davrida birorta sud tomonidan noqonuniy qurilgan deb topilgan birorta uyni buzayotganimiz yöq. Ijtimoiy tarmoqda çiqqanlar nima deyapti: «Mana, uyimni buzyapti, men qayerda yaşayman». Ikkinçisi aytyapti: «Buning çaqaloği bor». Borib köringlar, Böstonliqqa dam olişga kelgan odamlarni ijaraga ravişda qöyiş uçun qurilgan "daça" bu, odam doimiy yaşayotgan joymas. Ular esa uyim buzilyapti deb çiqayapti. Ijtimoiy tarmoqda ularning çiqişini körib, haqiqatan ham uyi buzilibdi deb öylaganlar yozyapti: «Bular şunaqa-da, kambağalni qöymaydi, uyini buzadi». Aslida unaqa emas-ku.









