Şifoxonaga u bir neça kun oldin bel qismidagi jarohat taşxisi bilan yotqizilgandi.
Oila a'zolari kompozitorning dafn marosimi ixçam ötkazilişini ma'lum qilişgan.
«U tong mahali, rafiqasi va farzandlari yonida jon berdi, sönggi lahzalargaça aqlini tanib turdi», deyilgan xabarda.
Ennio Morrikone 1928 yilning 10 noyabrida Rimda tuğilgan. U Santa-Sesiliya konservatoriyasini tamomlagan.
Kinolar uçun musiqalar yoziş va aranjirovka qilişni 33 yoşidan keyin boşlagan. Hayoti davomida u 400dan ortiq filmlar va seriallar uçun işlagan, şuningdek, yuzdan ortiq klassik musiqa asarlari yaratgan. U «Bir kuni Amerikada», «Professional», «Daxlsiz», «Yaxşi, yomon, yovuz», «Ozod Jango», «Jirkanç sakkizlik» va boşqa köplab kartinalarga musiqa yozgan.
Morrikone ikki marta «Oskar» olgan - «Jirkanç sakkizlik» filmi musiqasi va kinosan'atga qöşgan hissasi uçun. U uç marta «Oltin globus» laureati bölgan, şuningdek, olti marta - BAFTA mukofoti laureati, töqqiz marta Italiyadagi «David di Donatello» milliy kinomukofoti laureati bölgan.








