Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari

Raqamli iqtisodiyotga bölgan qiziqiş jamiyat va iqtisodiyotda röy bergan jiddiy özgarişlar tufayli sezilarli darajada ösdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat taşkilotlari bilan şaxsiy muloqotni minimallaştiriş hisobiga korxonalar va jismoniy şaxslarga xarajatlarni qisqartirişga yordam berdi, şuningdek, özaro muloqotni yanada tez va oson yölga qöyişga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo böldi.

«Raqamlaştiriş» sözi aslida yangi atama bölib, innovatsion boşqaruv va iş yuritiş jarayoniga IT yeçimlarning jalb etilişini, buning samarasi ölaroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgaça bölgan barça tizimlarda axborot texnologiyalarini qöllaşni közda tutadi.

Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegişli boş manba – trakzaksion sektorning ösişidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu körsatkiç YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni taşkil etib, davlat boşqaruvi, konsalting va informatsion xizmat körsatiş, moliya, ulgurji va çakana savdo, şuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, şaxsiy va ijtimoiy) birlaştiradi.

Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qançalik yuqori bölsa, mamlakat içida va taşqarisida noyob axborotlar aylanmasi şunçalik köp, milliy iqtisodiyotlar içida axborot trafigi esa şu qadar salmoqli böladi. Şu bois iştirokçilar soni köp va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.

Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va şu singari internet bilan faol işlovçi sohalarga çeksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotçilarning fikriga köra, ularda elektron segmentning uluşi YaIMning 10 foiziga yaqinlaşib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu körsatkiçlar barqaror tarzda ösib boradi.

Şubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki işbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boşqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir körsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa uşbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanişida avvalgiday muhim örin tutişini bildiradi.

Raqamli iqtisodiyot köz öngimizda yaralmoqda

Hozir butun dunyo böylab yangi servislar va biznes modellarni yaratiş uçun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakçi bölgan kompaniyalarga kuçli raqobat tuğdirmoqda.