Yiğilişda ta'kidlanişiça, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida belgilangan. Şu maqsadda “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasini amalga oşiriş boşlandi. Jumladan, uning doirasida hududlarda 89 ta, tarmoqlarda 200 dan ortiq loyiha hayotga tatbiq etildi.

Yil boşidan buyon, IT Park rezidentlari soni 35 foizga köpayib, ularda 6 mingdan ortiq yangi iş örni yaratilgan. Joriy yilning 8 oyida işlab çiqilgan dasturiy mahsulotlar 26 million dollarga eksport qilingan. Kelgusi 3 yilda iqtisodiyot sohalarida yana 300 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Uşbu loyihalar, umuman, soha uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida Birlaşgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturçi” loyihasi amalga oşirilmoqda. Hozirgaça bu loyiha doirasida 567 ming öğil-qiz bepul saboq oldi. E'tiborlisi, ularning 79 foizi maktab öquvçilaridir.

Tadbir avvalida Birlaşgan Arab Amirliklarining hukumat işlari böyiça vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gergaviy videoaloqa orqali uşbu loyihaning ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirdi.

Yiğilişda axborot texnologiyalari böyiça ta'lim şaroitlarini yaxşilaş va qamrovini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

2 mingdan ortiq maktabning birorta ham öquvçisi “Bir million dasturçi” loyihasida iştirok etmagani körsatib ötildi.

Davlat rahbari loyihani har bir maktabga yetkaziş, zarur hollarda ularni qöşimça kompyuterlar bilan ta'minlaş, bolalarni öqişga keng jalb etiş muhimligini ta'kidladi.

“Birorta maktab “Bir million dasturçi” loyihasidan çetda qolmasligi kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, bunday öquvlar joylardagi Yoşlar markazi, “Işga marhamat” mono-markazlari negizida ham taşkil etilişi aytildi.

Bugungi kunda Özbekistonda axborot texnologiyalariga ixtisoslaşgan 100 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Kelgusi ikki yilda bunday muassasalarni 205 taga yetkazib, 30 mingdan ziyod öquvçilarni öqitiş rejalaştirilgan.

Şu bois mutasaddilarga uşbu maktablar uçun pedagoglar, texnika va öquv dasturlarini hozirdan puxta tayyorlaş böyiça körsatma berildi.