Prezidentning «Özbekiston Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida (Özbekiston Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli Özbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni)»gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagi hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:
1) Prezidentning 18.05.2019 yildagi PQ-4321-son qaroriga.
Belgilanişiça, «elektron hukumat» va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oşiriş:
- davlat boşqaruvida axborot tizimlarini joriy etiş, uşbu sohada yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş hamda davlat organlari va boşqa taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, şuningdek elektron hamkorligini ta'minlaş uçun idoraviy va idoralararo ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini rivojlantiriş va faoliyat yuritiş qismida – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan;
- davlat organlari va boşqa taşkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qiliş va axborot xavfsizligini ta'minlaş tizimini takomillaştiriş qismida – Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi;
- idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz işlaşini ta'minlaş, elektron davlat xizmatlari körsatiş tizimini rivojlantiriş qismida – vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar tomonidan ta'minlanadi (3-b. «b» kiçik b.).
Operatorga AKT sohasida xaridlarni amalga oşirişda faqat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat loyihalarini boşqariş markazi» DMda texnik topşiriqlarni kelişiş huquqi taqdim etiladi.
2) Prezidentning 30.06.2017 yildagi PF-5099-son farmoniga.
Farmonning 2-bandida belgilanişiça, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (Texnopark) axborot texnologiyalari mahsulotlarini işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun eng qulay şaroitlarni yaratiş maqsadida butun respublika hududida Texnopark rezidentlarini joylaştirgan holda Özbekiston hududida eksterritoriallik prinsipi asosida taşkil qilinadi.
Texnopark rezidentlari jumladan 2028 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliqni tölaşdan ozod qilinadi.










