16 noyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi yiğilişida raqamli iqtisodiyotni şakllantirişga tösqinlik qiluvçi omillar muhokama etildi.

Yiğilişda «Özbekiston eksportçilari» uyuşmasi raisi Muxtor Umarov soha rivojiga tösqinlik qiluvçi omillar, jumladan, raqamli iqtisodiyotni şakllantirişga xalaqit qiladigan masalalarni bildirdi.

«Raqamli tijoratga ötişda bizga (Özbekistondagi biznes egalari – tahr.) eng katta muammo – bank tizimi. Undagi yangi va zamonaviy bank mexanizmlarining işlamasligi bizni, afsuski, çet el bozorlarida öz faoliyatimizni olib borişga katta tösqinlik qilyapti.

Masalan, faktoring tizimi ança avval amaliyotga tatbiq etilgan, butun dunyo tijoratçilari tizimdan foydalanadi. Afsuski, bizda (Özbekiston bank tizimida – tahr.) bu deyarli işlamaydi. Amaliyot bölmagani uçun tadbirkorlar ham tuşunmaydi. Faktoring nafaqat eksportda, balki içki bozorda ham işlamaydi. Bundan taşqari, diskaunting, akkreditiv tizimlari ham yöq. Tadbirkorlar moliyaviy yeçimni kredit orqali köra olyapti, aslida, kredit oxirgi yeçim va ungaça mavjud köp yeçimlar işlamayapti», — deydi u.

Ma'lumot uçun, faktoringda faktorfirma mijoz (tovar yetkazib beruvçi)lardan qarzdorlarning qisqa muddatli qarzlarini undiriş huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga tölaydi, ya'ni qarzni qaytariş muddatidan oldin uning 70-90 foizini mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar çegirilgan holda qarzdorlar faktorfirma oldidagi öz qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. Faktoringda mijoz özining qarzdorlaridan qarzni undiriş huquqini faktorfirmaga ötkazadi.

Şuningdek, Muxtor Umarov raqamli iqtisodiyotga ötişda internet tezligi masalasini ham eslatib ötdi.

«Viloyatlarda bu borada ança ortda qolganmiz. Internet tezligini yaxşilaş böyiça tadbirkorlarga amaliy kömak zarur», — deydi u.

Freedom House nodavlat taşkilotining internetdagi erkinlikka doir «Freedom on the Net 2020» an'anaviy hisobotida Özbekiston internet erkin bölmagan mamlakatlar röyxatida qayd etilgan va internet tezligi böyiça röyxatning quyi örinlaridan joy olgan.