Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida aliment tölamagani uçun tuman IIB hibsxonasiga taşlangan 34 yoşli erkak vafot etgan. Özbekiston Boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, marhumning ölimiga talvasa sabab bölgan.

Şamsuddinovning ta'kidlaşiça, marhum aliment tölamaslik uçun suddan yaşirinib yurgan, şu sababli qidiruvga berilgan. U 2020 yil 2 iyulda uşlanib, tuman IIBning vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. 4 iyulda keçki payt tösatdan vafot etgan.

Ma'lum bölişiça, marhum 4 iyul kuni soat 10:00 larda közlariga turli narsalar – ilon, çayonlar körinayotganini aytib, hibsxona xodimiga şikoyat qilgan. Şundan söng tuman tibbiyot birlaşmasi psixiatr-narkologi U.Abduvohidov hibsxonaga çaqirilgan. U bemorga surunkali alkogolizm, abstinek sindromi taşxisini qöyib, 2 mahal «Galopril» tabletkasini berişni tavsiya qilgan.

Marhum hibsda saqlangan hujra kuzatuv kameralari videoyozuvlari közdan keçirilganida ham bemorda talvasa kuzatilgani ma'lum bölgan. Marhumning yaqin qarindoşlari ham unda oldindan tutqanoq kasalligi bölgani, avval tez-tez bu kabi talvasa holatlari yuz berganini bildirişgan. Murda mutaxassis iştirokida tekşirilganida ham tananing taşqi tarafida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Marhumning murdasi sud tibbiyot ekspertizasi tekşiruvidan ötkazilganida ölimga ötkir öpka va boş miya şişi sabab bölgani aniqlangan.

Eslatib ötamiz, bu joriy yilda jamoatçilikka ma'lum bölgan hibsxonalarda röy bergan uçinçi ölim holatidir. 2020 yil 30 may kuni Andijon şahar IIB JQB tezkor vakillari tomonidan qöllangan qiynoq natijasida fuqaro A.A. Respublika şoşilinç tez-tibbiy yordam Andijon filialiga olib borilgan, körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan u 11 iyun kuni vafot etgan edi.

Keyinroq Navoiydagi qamoqxonada mahbus qiynoqlardan vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi. IIV holat yuzasidan izoh berib, marhumning ölimiga V-24.0 IV klinik bosqiçi (limfa tugunlarining tarqoq kattalaşişi, orofarengial kandidoz, noma'lum etiologiyadan uzoq davom etuvçi isitma, tana vaznining 10 foizdan ortiq ozişi, diareya) sabab bölgani ma'lum qilgan edi.