Boş prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Uluğbek tumani bölimi hamda Soliq qömitasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda yirik miqdordagi byudjyet mablağlarini talon-toroj qiliş holati foş etildi.

Aniqlanişiça, E.P., M.M. va E.S. MÇJ mas’ul şaxslari özaro til biriktirib, göyoki 322,4 mlrd sömlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta ma’lumotlarni rasmiylaştirgan.

Şuningdek, ular nazorat-kassa maşinalari orqali savdo amalga oşirilgandek körsatib, fuqarolar nomiga 3 363 ta soxta xarid çeki rasmiylaştirgan. Mazkur çeklar asosida ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga Soliq Mobile ilovasi orqali “keşbek” tölangani körsatilib, 1,4 mlrd söm byudjyet mablaği talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilaştiriş va ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda iş böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.