Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi xabariga köra, uçraşuvdan asosiy maqsad Arkanzas hukumati, yetakçi davlat kompaniyalari bilan bilan töğridan-töğri aloqalar örnatiş, amerikalik tadbirkorlarni Özbekiston bozoriga jalb etiş va mintaqaning oliy va örta maxsus ta'lim sohasidagi ilğor tajribalarini örganişdir.
Elçixona xabariga köra, uçraşuv davomida Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, barqaror iqtisodiy ösişni ta'minlaşning ustuvor yönalişlari, unda davlatning rolini kamaytiriş, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş böyiça batafsil taqdimot ötkazildi.

“Özbekiston va Arkanzas örtasida qişloq xöjaligida kadrlar tayyorlaş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş va kengaytiriş, Walmart va Dillard's kompaniyalari tarmoğida mahalliy işlab çiqaruvçilarning mahsulotlarini sotiş orqali mamlakatning eksport salohiyatini oşiriş, şuningdek, kar va eşitiş qobiliyati zaif bolalarni öqitiş böyiça Arkanzas tajribasini örganişga alohida e'tibor qaratildi. Ştat bu yönalişda yetakçilardan biri bölib, imkoniyati çeklangan bolalar uçun dastlabki maktab 1850 yilda oçilgan.

Arkanzas ma'muriyati vakili ştat bilan Özbekiston örtasidagi hamkorlikni faollaştirişga tayyorligini bildirdi va ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini sifatli tarkib bilan töldiriş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşirişini ma'lum qildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar Walmart va «Dillard's kompaniyalari bilan quritilgan mevalar va töqimaçilik mahsulotlarini AQŞga eksport qilişni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş, mahalliy universitetlar va Arkanzas ştati universiteti örtasida töğridan-töğri hamkorlik aloqalarini örnatiş, Arkanzas karlar maktabi vakillari bilan mahalliy mutaxassislar uçraşuvini taşkil etiş töğrisida kelişuvga erişdilar.








