“Yer kodeksining ba'zi bandlariga moratoriy 2021 yilda öz nihoyasiga yetadi. Şu sababli biz bu masala böyiça yakuniy qaror qabul qilişimiz lozim. Biz asosiy muammoni belgiladik. Yer xorijliklarga sotilmaydi. Bu masalaga boşqa qaytmaymiz”, deb aytgan Töqayev.
Qozoğiston rahbarining ta'kidlaşiça, agrosanoat kompleksini investitsiyalar va texnologiyalar jalb qilgan holda rivojlantiriş lozim, şu sababli mahalliy fermerlar bilan yerlarning samarali qöllanişi masalasini muhokama qiliş kerak. Töqayev hukumatga Yer kodeksiga tegişli tuzmatlarni kiritiş vazifasini topşirgan.
Qozoğistonda 2021 yil 31 dekabrgaça qişloq xöjaligi yerlarining xorijliklarga, fuqaroligi bölmagan şaxslarga hamda xorijiy kapitali uluşi 50 foizdan köproq bölgan kompaniyalarga sotilişiga taqiqlov amal qiladi.












