Samarqandlik şifokor Erkin Hakimov koronavirusdan soğaygaç, boşidan ötkazganlarini hikoya qilib berdi. U VVS özbek xizmati bilan suhbatda koronavirus odam organizmida qançalik qiyin ötişi haqida aytib berdi.

Foto: VVS 

Ramazon vaqti edi...

«Tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida kombustologiya-kuyganlar bölimida bölim boşliği bölib işlayman. Kasallik şaxsan menda qanday ötganini aytadigan bölsam, boşim kuçli oğridi. Röza tutib yurardim, ramazon oyi vaqti edi. Avvaliga röza tutganim uçun şunaqa bölyapti degan çalğiş böldi. Asta-sekin madorim quriy boşladi. Lekin har kuni tana haroratimni ölçardim – 36,7-36,8 çiqardi. Şu tarzda bir-ikki kun ötdi.

Heç esimdan çiqmaydi, 8 may, şanba kuni navbatçi edim. Keçasi bilan bezovta bölib, tana haroratim kötarilib çiqdi. Juda holim yomon böldi, yurişga madorim yöq edi. Şifokor bölganim uçun özim kerakli dori-darmonlarni qildim. Uyga kelganimda esa turmuş örtoğimda ham bezovtalik, tana harorati kötarilişi kuzatilyapti. Bolalarimdan sörasam, ularda ham şunday.

Xullas, uçinçi kun menda aniq koronavirus alomatlari yuzaga çiqa boşladi. 11 may kuni meni Samarand viloyatidagi infeksion kasalliklar şifoxonasiga yotqizişdi. Bir kun qarab körişdi – ahvolim yomon, özim menga ukol-dori qilmasalaring bölmaydi, deb aytdim».

«Tun böyi ölim bilan olişdim...»

«Odamlarga vahimali tuyulmasin deyman-u, lekin aytişim kerak – bu bor narsa va oğir ötadi. Ayniqsa, ortiqça vaznga ega yoki biror kasalligi bor odamlarda, vaqtini ötkazib yuborsa, yaşirsa, oğir ötadi. Men özim 9 maydan 10 mayga ötar keçasi ölim bilan olişib çiqqanman. Şu darajadaki, nafas ololmayman. Xudo deb tong ottirdim. Ayolim boşimda ötirib çiqdi, özining ham mazasi yöq, ammo keçasi bilan kuzatib çiqdi, har zamon turtib-turtib nima bölyapti sizga deydi, men esa heç narsani bilmayman».

Kasallikning yuqişi

«Öşa vaqtlarda karantinga olingan Toyloq tumanidan ikki yaşar 60 foizi sutga kuyib qolgan oğir bemor keldi. Uni olib kelişgan şifoxona karantinga olingan edi. Lekin ahvoli öta oğir, uni saqlab qoliş kerak edi. Şu sababdan bemorni bizga ötkazişgan. Onasi ham şu yerda edi, bemor bilan ham davolaş uçun muloqot qildik. Asosiy taxminimiz şu».