«Aleksandra Kolesniçenko Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori etib tayinlandi», deya xabar berdi fond matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar u Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot sohasini rivojlantirişni monitoring qiliş bölimi boşliği lavozimida işlagan.
Ma'lumot uçun, Aleksandra Kolesniçenko – sport ustasi, Federatsiya Kubogida Özbekiston terma jamoasi safida iştirok etgan. 2009 yilda ITF reytingida 577-öringa kötarilgan. 2012 yilda Olmaotadagi menejment universitetini tamomlagan, 2016 yilda Turkiyadagi Boğçaşehir universitetida PR yönalişida bakalavr darajasini olgan.
Eslatib ötamiz, 2020 yil yanvaridan buyon Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori sifatida işlab kelgan Xuşnudbek Xudoyberdiyev 1 iyul kuni ÖzA boş direktori örinbosari etib tayinlangandi.








