13 iyul kuni Toşkent şahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalaş bölimi boşliği örinbosari mayor A'loxon Abzaloviç Şamahmudov 36 yoşida hayotdan köz yumdi.

14 iyul kuni esa Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölimi boşliği podpolkovnik Şavkat Nasiroviç Nafasov 48 yoşida vafot etdi.

Içki işlar vazirligi, şuningdek, Toşkent şahar IIBB rahbariyati va şaxsiy tarkibi marhumlarning qarindoş va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan. Lekin bu xodimlarning ölimi sababi keltirilmagan.

Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlarida ham bu ölim holatlari qayd etilmagan. Manbaning xabar berişiça, bu xodimlar koronavirusdan vafot etgani oşkor qilinmayapti. Rasmiy qaydlarda ularning ölimi sabablari sifatida boşqa kasalliklar körsatilgan.

Manbaning ta'kidlaşiça, pandemiya davridan beri uç nafar içki işlar xodimi koronavirus infeksiyasini yuqtiriş oqibatida hayotdan köz yumgan. Içki işlar tizimidagi ilk ölim holati ham hujjatlarda koronavirus tufayli yuz bergani körsatilmagan. Marhumda köplab hamroh kasalliklar bölgani uçun ölim sababi sifatida şunday kasalliklar körsatilgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov 13 iyul kuni AOKA huzuridagi ştabda bölib ötgan brifingda Özbekistonda koronavirusdan vafot etayotganlarning soni yaşirilmayotgani ta'kidlagan edi.