«Har bitta ölim holati – fojia. Biz buni töğri tuşunamiz. Özbekiston Respublikasida koronavirus kasalligidan vafot etganlar, hatto boşqa bir kasallik, aytaylik, yurak, öpka, yurak qon-tomir tizimidagi kasalliklar tufayli vafot etgan böla turib ulardan olingan namunalarda koronavirus kasalligi aniqlangan bölsa ham bular barçasi statistikaga qöşilayapti.

Ahamiyat berilsa, ba'zi bir kunlari Özbekistonda ölim körsatkiçi 1-2ta deb körsatilmadi, balki oltitagaça ölim holati qayd etilgani haqida ham ma'lumot berildi. Şuning uçun Soğliqni saqlaş vazirligi kasallikdan vafot etganlarni sonini yaşirmay töğri ma'lumot taqdim etib bormoqda. Yana qaytarib aytaman, respublikamizda koronavirusdan vafot etayotganlarning soni zinhor yaşirilmayapti, bundan heç qanday manfaat yöq. Qaçonki aholimiz uşbu kasallik natijasida ölim yuz berişini bilib yanada huşyor tortadigan bölsa, nega biz bu axborotni yetkazmaymiz. Maqsadimiz –zarur axborotlarni fuqarolarimizga yetkaziş orqali sizni sergaklikka tortiş. Şu bois koronavirus bilan kasallanganlar töğrisidagi ma'lumotlar aniq, şaffof xolda fuqarolarga yetkazilmoqda.

Kasallikka çalinganlarni qançalik erta şifoxonaga yotqizib, erta davolaş muolajalarini olişlariga imkon yaratib bersak, kutgan natijalarimiz orasida ijobiylari köproq böladi», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Nurmat Otabekov, şuningdek, Navoiy viloyatida mutasaddilar tomonidan kasallanganlar töğrisidagi ma'lumotlarni kamaytirib körsatayotgani haqidagi savolga ham munosabat bildirdi.

«Birinçidan, respublikada koronavirusga çalinayotgan bemorlarning barçasi röyxatga olinayotganini e'tirof etişimiz kerak. Kasallikka çalinganlarni yaşiriş yoki bölmasa statistik raqamlarni kamaytirib körsatişdan heç kim manfaatdor emas.

Bitta narsani unutmaslik kerak. Yuqumli kasalliklar ma'lumotlarni yaşirişni keçirmaydi. Demak, biz kasallikni röyxatga olmasak, statistik raqamlarda körsatmasak, kasallik öçoğida epidemiyaga qarşi tadbirlar ötkazilmaydi. Şunday ekan, statistik ma'lumotlarda ba'zi bir raqamlarni kam qilib körsatiş holatlari böladigan bölsa, bu kimning taşabbusi bilan bölayotganini bilmadim. Lekin respublikada bu kasallikka çalinganlar sonini, uşbu kasallikdan vafot etganlar sonini yaşirişdan heç qanaqa manfaat yöq. Kasallar soni yuztaga köp yoki kam, ölim körsatkiçi birmunça köp yoki kam ekani ahamiyatsiz. Eng asosiysi, biz har bitta kasallik manbaini jilovlaşimiz va öşa kasallik öçoğida epidemiyaga qarşi tadbirlarni amalga oşirişimiz kerak böladi», deb aytgan u.