Davlat Soliq Qömitasi xabariga köra, 16 iyul holatiga özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötgan fuqarolar soni 146 234 nafarga yetdi. Yil oxirigaça ularning miqdori 350 ming bölişi kutilmoqda.

Viloyatlar kesimida olib qaraganda, buxoroliklar bu körsatkiç böyiça karvonboşilik qilmoqda – 20 713 nafar. Keyingi örinlarni Namangan viloyati (18 543), Samarqand viloyati (18 366), Toşkent şahri (14 444) va  Farğona viloyati (12 518) egallab turibdi.

Özini özi band qiliş mumkin bölgan 67ta faoliyat turlari içida maişiy xizmatlar (sartaroşlik, manikyur, kosmetolog, pedikyur, uyda kir yuviş va dazmollaş, kalitlar tayyorlaş, poyabzal tikiş, ta'mirlaş va böyaş xizmatlari) körsatişga eng köp e'tibor qaratilgan. Röyxatdan ötganlarning 40 484 nafari yoki 27 foizi şu sohani tanlagan.

Qişloq xöjaligi yönalişi böyiça xizmatlar (çorva mollarini ötlatiş, ularni parvariş qiliş, qişloq xöjalik ösimliklarini ekiş va parvariş qilişda tomorqa egalariga yordam) körsatiş böyiça 29 690 nafar fuqaro röyxatdan ötgan.

Xalq iste'moli mollari işlab çiqariş va xizmatlar körsatiş (non, uyda pop-korn, muzqaymoq, salatlar, salqin içimliklar, ayron, göja hamda dehqon bozorlarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotiş) xizmati 25 774 nafar şaxs tomonidan tanlangan.

Şuningdek, sanoat yönalişi böyiça xizmatlar (yoğoç me'morçiligi, santexnika xizmati, elektr montaj işlari, makulatura, plastik idiş, temir tersak töplaş va qöşimça xomaşyo töplaş), ijtimoiy yönalişlar böyiça xizmatlar (uyda repetitorlik qiliş, bolalarga qarab turiş va ularni parvariş qiliş, uy xöjaligini yuritiş, xonalarni tozalaş, xalq tabobati) körsatiş ham aholi orasida ommabop bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, özini özi band qilgan şaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy şaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

Özini özi band qilganlar safida böliş uçun SOLIQ mobil ilovasi orqali yoki my.soliq.uz portalida röyxatdan ötiş talab qilinadi. Özini özi band qilganlar oyiga 111,5 ming söm miqdorida ijtimoiy soliqni tölaşadi.