«Moskvada ham, Nyu-Yorkda ham aholining taxminan 60 foizida koronavirusga jamoaviy immunitet hosil böldi», — deb uning sözlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Bir kun oldin Sobyanin «Komsomolskaya pravda» radiosiga bergan intervyuda Moskvada ötkazilgan ommaviy test natijalariga köra, «şaharliklarning 20 foizi koronavirusga qarşi antitanalarga ega ekanini, olimlar fikriga köra esa bu qiymat yanada yuqori bölib, 60 foiz ekanini» aytgan edi.

Şuningdek u odamlarda retseptorlar darajasida T-hujayrali immunitet ham şakllanganini, ular virusni tanib, unga qarşi kuraşayotganini tuşuntirdi.

«Ya'ni köpçilik moskvaliklarning vujudi koronavirus nima ekanini yaxşi biladi va unga qarşilik qila oladi», — dedi Sobyanin.

Moskvaliklarning koronavirusga qarşi antitana hosil qilinişini aniqlaş böyiça ötkazilgan test natijalari sönggi marta 10 iyul kuni e'lon qilindi. Mosgorzdrav ma'lumotiga köra, şaharliklarning 21,7 foizida immunitet şakllangan. Bu raqam 90 mingdan ortiq odamdan olingan test natijalariga asoslangan. Bunda Mosgorzdrav immunizatsiya tezligi «pasayib borayotgani»ni ham ta'kidladi. «Bu holat tabiiy, çunki moskvaliklar orasida kasallaniş darajasi ham pasaymoqda», deb tuşuntirdi muassasa.