«Sehrli qalpoqça», «Sarviqomat dilbarim» filmlari muallifi, rejissyor Sarvar Karimov tvitterdagi sahifasida otasi koronavirusga çalingaç uyda davolanişga majbur bölgani, bir hafta davomida unga «Tez yordam» çaqirib bera olmagani, 17 iyul kuni esa vafot etgani haqida yozdi. Bu ölim holati Soğliqni saqlaş vazirligi statistikasida qayd etilmagan - bemorga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilmagandi.
Uning ma'lum qilişiça, özi va oila a'zolari ham Covid-19’ga çalingan hamda hozirda uyda davolanmoqda.
"Bugun dadam qazo qildilar. Koronavirusdan. Lekin taşxis qöyilmadi. Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bölsa, kelolmaymiz deyişdi. Ularni ham tuşunaman, na dorisi bor, na himoya vositasi.
Rasmiy statistikaga işonmang, özingiz va yaqinlaringizni asrang!
Davlatga işonmang. Rasmiylarning barça gapi yolğon. Işonç raqamlariga telefon qilib tuşib bölmaydi, tuşsangiz ham boşqa nomerni berib yuboradi. Biz dadamizga bir hafta tez yordam çaqirolmadik. Axiri öpkalariga ötib ketib, jonlari uzildi. 63 yoşda edilar. 10 kun avval soppa-soğ edilar.
Bu gaplarni yozişimdan maqsad — davlat yordamidan umidingizni uzing. Köçaga çiqmang, ayniqsa kattalarni ehtiyot qiling!
Hozir butun oilamiz COVID-19’ga çalingan (rasmiy). Özimizni özimiz davolayapmiz, çunki boşqa iloj yöq. Duo qilinglar, tuzalib ketaylik. Alloh şifo bersin hammamizga".









