Sattor Tursunmuhammedov 1929 yil Turkiston şahrida tuğilgan, faylasuf olim. Özbekiston FA akademigi (2000). Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi (1979), falsafa fanlari doktori (1970), professor (1972).
U Toşkent moliya institutida öqituvçi, dotsent, kafedra mudiri (1955-76). ToşDU huzuridagi Oliy öquv yurtlari ijtimoiy fanlar öqituvçilari malakasini oşiriş instituti direktori (1976—79), 1985—1993 yillarda şu institutda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar kafedrasining mudiri bölib işlagan.
Şuningdek, Toşkent pedagogika instituti rektori (1979—83), 1983—1985 yillarda Toşkent xalq xöjaligi institutida falsafa kafedrasining mudiri. ToşDU huzuridagi Oliy pedagogika instituti direktori (1993) bölgan. 1995 yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatşunoslik kafedrasi professori bölgan.
Ilmiy işlari sanoat va qişloq xöjaligi. mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining şakllanişi, ijtimoiy falsafa, siyosatşunoslik sohalariga bağişlangan.









