Kun.uz muxbirlari murojaatda keltirilgan vajlarni örganiş maqsadida Narpay tumanida bölişdi.

6 iyul kuni nima bölgandi?

Otabek Artiqovning aytişiça, unga tegişli bölgan ohak va mel işlab çiqariş sexiga öğrinça tabiiy gaz tortib kirilgan, degan vaj bilan öşa kuni tuman IIB xodimlari va niqobli kişilar sexga bostirib kirgan. Tsex işçilari va tadbirkorning yaqinlari bu holatni telefon orqali videotasvirga olişga uringan. Işçilarning harakatidan norozi bölgan IIB xodimlari tasvirga olayotganlarning telefonini kuç bilan tortib olgan. Şikoyatda aytilişiça, Içki işlar idoralari xodimlariga qarşilik körsatdi, deya yana uç kişi kaltaklangan, qöliga kişan solinib, olib ketilgan.

«Yiliga bir million dollargaça qişloq xöjalik mahsulotlari va höl meva eksport qilamiz. Qölimizdan kelgunça tuman salohiyati uçun xizmat qilib kelyapmiz.

Ammo Narpay tuman IIB bilan ayni vaqtda örtamizda ziddiyat bölib turgani uçun buyurtma asosida bostirib kirişdi. Ularning maqsadi (IIB) bizni yomonotliq qilib körsatiş, aybimizni topiş bölgan. Ammo gazga öğrinça ulanganimizni isbot qila olişmadi. Ayni vaqtda bir işçimiz şifoxonada, yana biri öşa kunning özida sud qilinib, uç sutkaga qamaldi. Yana bir işçimizga ma'muriy jarima qöllaşdi», deydi O.Artiqov.

«Karim quriliş savdo» xususiy korxonasi ta'sisçisi Alişer Karimov ham bölib ötgan voqeani tasdiqladi.

«Oçiği, iş joyimizga niqobli odamlar bostirib kiradigan tadbirkor emasmiz. Avvalo oilamizga, qolaversa, davlatimizga bir söm bölsa ham foydamiz teksin, deb işlab yuribmiz.

Keça köz oldimda voyaga yetmagan öğlimni urib, qölidan telefonini tortib olişdi. Kamiga, heç qayerga murojaat qilmasligimizni söraşyapti», deydi u.

A.Karimovning öğli Şahriyor Egamov bilan suhbatlaşdik. U ham öşa kuni sexdagi holatni tasvirga ola boşlaganda, maxsus xizmat xodimi jigar sohasiga zarb berib, telefonini tortib olganini ma'lum qildi.