21 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon şahrida piçoqbozlik bölgani aks ettirilgan video tasvirlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB axborot xizmati rasmiy ma'lumot taqdim etdi.

Ta'kidlanişiça, şu kuni soat 16:30 larda, Andijon şahrida yaşovçi, 1967 yilda tuğilgan fuqaro S.T Özbekiston köçasida joylaşgan «Bekzod» nomli oşxonaga ovqat olib ketiş uçun kelib, şu oşxona işçisi 1998 yilda tuğilgan R.Ş bilan özaro janjallaşib ketişgan.

«Janjal davomida S.T şu yerda bölgan xöjalik piçoği bilan fuqaro R.Ş.ning öng kökrak qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Fuqaro S.T. voqea joyidan taşqariga çiqib qoçib ketayotgan vaqtida oşxona işçilari tomonidan kaltaklanib, unga nisbatan ham tan jarohati yetkazilgan. Buning oqibatida R.Ş. va S.T.lar şifoxonaga yotqizilgan. S.Tdan aşyoviy dalil sifatida xöjalik piçoği olingan», - deya ma'lumot beradi IIB.

Ma'lum qilinişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi («qasddan badanga oğir şikast yetkaziş») 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Uşbu piçoqbozlik Andijon viloyatida sodir etilib, ommaga oşkor bölgan uçinçi holat hisoblanadi. Bundan avval, Asaka tumanida taniş qizga nima uçun qönğiroq qilganligini sörab, özaro janjallaşgan yigitlar örtasida hamda Şahrixon tumanida singlisi bilan gaplaşmaslikni söragan yigit boşqa kimsani piçoqlagandi.

Şuningdek, joriy yilning 5 iyun Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi Kiçik halqa avtomobil yölida yoşlar orasida janjal kelib çiqqandi. Natijada tört nafar yoşlar piçoq bilan jarohatlangan.Şifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramasdan, kelişmovçilik iştirokçilaridan biri şifoxonada hayotdan köz yumgan.