Jamiyat | 09:08 / 24.06.2020
11054
2 daqiqa o‘qiladi

Shahrixonda yuz bergan pichoqbozlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yil 20 iyun kuni soat 10:00da fuqaro 21 yoshli A.X. Andijon viloyati Shahrixon tumani Oq masjid ko‘chasida fuqaro 18 yoshli A.B.ga singlisi S.X. bilan gaplashmasligini aytib, urib, tan jarohati yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu sababli A.B. A.X.dan o‘ch olish maqsadida shu kuni soat 22:00da A.X.ni ushbu joyga chaqirib, yonida bo‘lgan pichoq bilan A.X.ning qorin sohasiga bir marotaba qasddan urib og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida A.X.ning egnida bo‘lgan futbolkasi va bir dona xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov jarayonida, A.B. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 