Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Archa-ko‘cha»dagi pichoqbozlik: ishtirokchilardan biri vafot etdi, ikkinchisining holati og‘ir deb baholanmoqda
Toshkent shahar IIBB Shayxontohur tumanida ro‘y bergan hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi.
Joriy yilning 5 iyun kuni soat 18:00 va 19:00lar oralig‘ida Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida yoshlar orasida janjal kelib chiqqandi. Natijada to‘rt nafar yoshlar pichoq bilan jarohatlangan.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramasdan, kelishmovchilik ishtirokchilaridan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Shifokorlar ikkinchisining holatini og‘ir deb baholamoqda. Yana ikki nafar yigitlarga og‘ir tan shikastlari yetgan.
Mazkur fakt asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov bilan prokuratura organlari shug‘ullanmoqda.
Hodisaga aloqador bir nechta shaxs qo‘lga olindi. Qolganlarning shaxslarini aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
10:44 / 10.02.2026
Kompyuter o‘yinxonasida ikki bola pichoqlandi
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025