Vazir örinbosarining ta'kidlaşiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil 10 yanvardagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan 2020 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş jamğarma hisobidan 216 ta obektda 3400 km içimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 120 ta suv inşootlarini quriş va rekonstruksiya qiliş uçun 1 trillion 277 milliard söm mablağ ajratilgan.
Şuningdek, xalqaro moliya institutlari iştirokida amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalarida Özbekiston Respublikasi uluşini moliyalaştiriş uçun 78 milliard söm mablağ ajratiş közda tutilgan.
«Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bilan suv ta'minoti va oqova suv tizimlarini yaxşilaş işlariga joriy yilgi Investitsiya dasturiga qöşimça ravişda 500,0 milliard söm mablağ ajratilgan.
Bugungi kunda, hukumatimizning tegişli topşiriğiga muvofiq mazkur ajratilgan mablağlar amalga oşirilişi lozim bölgan 59ta loyiha uçun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan jami 145 milliard söm mablağlar moliyalaştirilib berilgan», - deya qöşimça qildi Adiz Boboyev.
2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida jamğarma hisobidan respublikada içimlik suv ta'minoti va oqova suv tizimlarini yaxşilaş uçun 1,1 trillion söm mablağ ajratilgandi. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2019 yillarda hududlarga amalga oşirgan taşriflarida davomida bergan topşiriqlari, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegişli qaror va farmoyişlariga muvofiq 2019 yilda qöşimça ravişda 635 milliard söm uşbu maqsadlarga ajratildi.
Bildirilişiça, mazkur mablağlar doirasida 2020 yilning 1 yanvar holatiga haqiqatda bajarilgan quriliş-montaj işlari uçun jamğarma hisobidan 1 trillion 664 milliard söm mablağlar moliyalaştirilib berilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi ma'lumotiga köra, 2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida












