Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ular birorta dalilga asoslanmagan» – mutaxassis Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilardan foydalanmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonlik mutaxassis Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilarning aksariyati birorta dalilga asoslanmagani haqida gapirdi.
Milliy telekanali orqali uzatilayotgan «Tez yordam» ko‘rsatuvining 21 iyuldagi sonida telefon orqali studiyaga bog‘langan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi vakili Klara Yodgorova Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilardan foydalanmaslikka chaqirdi.
«Respublikamizda Rossiyada ishlab chiqarilgan juda ham ko‘p dorilar ishlatiladi. Bizning tilimizda ular «fuflomitsin» deyiladi. Ular birorta dalilga asoslanmagan dorilar hisoblanadi. Ichsangiz ham, ichmasangiz ham hech qanday samarasi yo‘q. Ularni ishlatishni man qilishni so‘rayman», deya Yodgorovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mutaxassis koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga o‘zini o‘zi kuzatish metodidan foydalanishni tavsiya qildi.
«Koronavirusda bemorlar o‘zini o‘zi kuzatish metodidan foydalanishlari kerak. Ya'ni bunda koronavirusning barcha belgilari ko‘rsatilgan jadval tuzib, kunlik tarzda o‘zlarida qaysi simptomlar kuzatilganini kiritib borishlari lozim. Bu tuzalish jaryonini nazorat qilishga yordam beradi.
Shuningdek, agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, tomchi ukol (kapelnitsa) olish mutlaqo tavsiya etilmaydi. Kapelnitsa o‘pka alveolalari shishishiga sabab bo‘ladi. Uyda va statsionarda davolanayotgan bemorlarga kapelnitsa olishni tavsiya qilishni to‘xtatish kerak», deya ta'kidladi u.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026