Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

“Alloh uçun ibodat qilinişga Zulhijjaning ön kunidan sevimliroq kunlar yöqdir. Uning har kunlik rözasi bir yillik rözaga, har tundagi ibodat Laylatul qadrdagi ibodatga tengdir”, — deganlar.

Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Bayhaqiy rivoyatlari.

Yuqoridagi muborak hadisi şarif biz hozirda istiqomat qilib turganimiz hijriy-şamsiy yilning 11-oyi bölmiş Zulhijja oyining avvalgi ön kunligi haqidadir.

Ma'lumot örnida 1441 hijriy-şamsiy yilning Zulhijja oyining 1-10-kunlari 2020 milodiy yilning 22-31 iyul kunlariga töğri kelmoqda.

Qolaversa, Alloh taolo Qur'oni Karimda ba'zi narsalar bilan qasam içgan, mufassirlarning aytişiça, bu qasam içilgan narsalar Alloh taolo nazdida qadri balandligidan dalolatdir. Xususan, Qur'oni Karimning Fajr surasi 1-2 oyatlarida “Qasamyod etaman tong (vaqti) bilan, «ön keça» bilan”, - deya e'lon qiladi.

Maşhur mufassir Ibn Kasir rahimahulloh suraning ikkinçi oyatidagi “ön keça”ni tafsir qilar ekanlar, uluğ sahoba Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilib, bu “ön kun”dan murod Zulhijja oyining dastlabki ön kunidir, deganlar.

Zulhijja oyining dastlabki ön kunining va bu kunlardagi amallarning fazilatlari borasida Imom Buxoriy va boşqa muhaddislarimizdan köplab sahih hadisi şariflar rivoyat qilingan. Jumladan, Payğambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam:

“Alloh taolo nazdida biror kun va u (kun)lardagi amal uşbu ön kun (va ularda qilingan amal)dan afzal (va) Alloh azza va jallaga suyukli emas. Bas, u (kun)larda tahlil, takbir va Allohga hamdlarni köpaytiringlar” (Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Tahlil — Laa ilaaha illalloh;  

Takbir — Allohu akbar;

Hamd — Alhamdulillah, deyişlikdir.

Tobeinlardan Said ibn Jubayr rahimahulloh Zulhijjaning ön kuni kirganda solih amallar va ibodatga şu darajada kirişib, amal qilganlarki, hatto oxiriga borib qodir bölmay qolganlar. Azizlar, sahobiylar va ularga ergaşganlarning amali solih va ibodatlar masalasidagi ğam-taşvişlari, har bir kunni ğanimat bilişlari şunday bölgan.