– Nurmat Satiniyazoviç, 10 iyulda boşlangan karantin çeklovlaridan qanday maqsad közlangandi va ularga erişildimi? Ya'ni 20 kunlik bu çeklovlarning samarasi qanday böldi?

– Köpçilikni raqamlar qiziqtiradi, ammo afsuski virusning tarqalişi böyiça turli taxminlar qiliş va barçasida adaşiş mumkin. Agar bu çeklovlardan oldingi davr bilan soliştiradigan bölsak, umumiy qayd qilingan bemorlar soni 10 ming nafar atrofida bölgani holda har kunlik virusga çaliniş körsatkiçi 500 nafardan oşib, 600 nafarga yaqinlaşib qolgan edi. Mana, hozir jami bemorlar soni 19 mingga yaqinlaşyapti, bir kunda qayd etilgan yangi holatlar soni esa 500dan kam böldi.

Biz virusning kamida bir yaşirin davriça muddatda qattiq karantin çoralarini qölladik, ayniqsa şanba-yakşanba kunlari bu masalaga nihoyatda jiddiy qaraldi. Bu öz natijasini berdi. Albatta, yuqorida aytganimday taxminlar qiliş durust emas, ammo real va minimal hisob-kitoblarga köra ham agar bu çoralarni körmaganimizda, kuniga örtaça 700ta, balki 1000ta yangi holatlar qayd etilayotgan bölardi. Kasallik keskin köpaya boşlagan paytda ana şu sur'atni uşlab qolganimizning özi natija.

Karantin muddatining oxirlaridan bu çeklovlarning ijobiy natijalari körina boşlaydi.

– Prezident bu çeklovlar muddatini uzaytiriş taklifini ma'qulladi. Bu taklif tarafdorlari orasida siz ham bormisiz?

– Nafaqat men, balki sohaning köplab yetakçi mutaxassislari şunday qiliş tarafdori edik va Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin çeklovlarini uzaytiriş taklifi davlat rahbari tomonidan ma'qullandi. Nima deyilganda ham, tibbiyot tizimi uzluksiz tanqidlar ostida qolganda ham bir gapni aytişim kerak – biz virusni aynan ana şu karantin çoralari tufayli nazoratda uşlab turibmiz, epidemiologik jarayonni jilovlab olganmiz. Çeklovlarni qöllamaganimizda, vaziyat çindan izdan çiqardi. Buni aniqlaş oson, qöşni davlatlar bilan ham, aholisi biz bilan teng davlatlar bilan ham soliştiriş kifoya. Tasavvur qilaylik, öşa davlatlar singari bizda ham kuniga bir neça minglab bemorlar qayd etilganida nima bölardi?

Şu bois, karantin çoralari özini oqlayotganiga, uni uzaytirişga katta zarurat borligiga şubha yöq. Buning yana bir sababi, biror davlat, biror taşkilot bu kasallikni jilovlab oliş, tugal davolab yuboriş böyiça maqtana olmaydi. Hatto Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ham bu kasallik qarşi «mana bu eşikdan kirasan, mana bunisidan çiqasan» degan mazmundagi qat'iy qöllanma taqdim qila olmadi.

Özbekiston öz tajriba va uslublaridan kelib çiqib, özining taktikasini tanlab olyapti. Ya'ni özi isbotlagan tajribani özi yana tatbiq etdi. Odamlarning töplanişlarini çeklaş, tibbiy niqoblar majburiyligi böyiça talablar kabi çeklovlarda qat'iy turilgani öz samarasini berdi.