«Oilaviy» telekanali efirida uzatilgan murojaatda tuman hokimlari bilan birga sektor rahbarlari, Mudofaa, FVB, SSB, SeOM rahbarlari ham iştirok etişdi.

Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Şomurodov va tuman rahbarlari öz vaqtida amalga oşirilmagan çora-tadbirlar natijasida ölim holatlari yuz bergani uçun uzr söraşdi.

B.Şomurodov tumandagi 13-oilaviy poliklinikada Covid-19 markazi tayyorlanganini e'lon qildi. Oilaviy poliklinikalar huzurida taşkil etilgan işonç telefoni raqamlariga koronavirus böyiça murojaat qiliş mumkinligi ma'lum qilindi.

Sergeli tumanining işonç telefonlari:

(97) 410-56-57, (97) 784-57-58, (99) 030-07-37, (97) 742-57-58, (99) 898-18-08, (97) 729-57-58, (97) 146-57-58, (97) 264-57-58, (97) 783-57-58, (97) 143-57-58

Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkat Ergaşev koronavirusga qarşi kuraşda tuman rahbariyati har bir fuqaro bilan istalgan vaqtda töğridan töğri muloqotga tayyorligini bildirdi.

«Har birimiz töğridan töğri muloqot qilişga tayyormiz. Hududlarda xizmat körsatayotgan tibbiyot xodimlarining kuçi yetmagan joyda biz yuzaga kelgan muammoni hal etişga tayyor ekanimizni yana bir bor eslatib ötmoqçiman.

Murojaatimizning asosiy mohiyati fuqarolarimizning qörquvga berilmasligi, pandemiyadan xavotir olmasliklari, biz ularning yonida ekanligimiz, tun-u kun telefon raqamlarimiz işlab turişi, barça savollarga javob berişimizni eslatib ötmoqçiman», dedi tuman hokimi öz çiqişida.

Mirzo Uluğbek tumanining işonç telefonlari:

(98) 888-65-99, (99) 030-07-35, (98) 188-22-52, (99) 875-12-16, (99) 889-20-80, (99) 002-76-67, (98) 300-72-22, (90) 912-14-26, (98) 301-67-47, (99) 020-10-09.

Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov tumanda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar va halok bölganlar mavjudligida hokimlikning ham aybi borligini tan oldi.

«Şahrimizda Covid-19 infeksiyasi bilan zararlangan fuqarolar soni ortib bormoqda. Açinarlisi, bu kasallik oqibatida hayotdan köz yumayotganlar ham bor. Bunda bizning ham aybimiz bor. Şuning uçun sizlardan uzr söraymiz...