Karantin cheklovlari 15 avgustgacha uzaytirildi
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan mamlakatda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirilishi haqida qaror qabul qildi. Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat'iy etibor qaratish belgilandi:
a) davlat organlari va tashkilotlariga:
- xodimlarini xatlovdan o‘tkazgan holda, ish joyiga faqatgina zarur bo‘lgan mutaxassislarni bevosita jalb etishga ruxsat berilganini inobatga olib, qolgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga chiqarishni yoxud masofadan turib (onlayn) ishlashini tashkil etishga to‘liq rioya etilishini ta'minlash;
- xodimlarini vaqtinchalik xizmat safariga yuborishni to‘xtatish;
- yig‘ilishlarni faqatgina onlayn tarzida tashkil etish;
- xodimlar orasida koronavirus bilan kasallanganlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan xabar olish, davolanish maqsadida zarur dori vositalari va buyumlarni xarid qilish uchun xodimning sharoitini inobatga olgan holda, moddiy yordam ajratish.
b) fuqarolarga:
- to‘y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazmaslik;
- jamoat joylarida, ko‘cha, maydon va mahallalarda uch kishidan ortiq to‘planmaslik, qat'iy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- yoshi katta va muayyan turdagi kasalligi (qandli diabet, metobolik sindromlari, autoimun kasalliklari, qon, yurak, tomir kasalliklari, onkologik kasalliklar va boshqa kasalliklar mavjud fuqarolarga koronavirus kasalligi kuchli ta'sir ko‘rsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarni «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat'iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.
Quyidagi faoliyat turlarini to‘xtatish bo‘yicha cheklov joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi:
- parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
- buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
- sport zallari, fitnes klub, trenajyor, basseynlar;
- umumiy ovqatlanish obektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
- sanatoriylar (koronavirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya o‘tayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
- sartaroshxona va go‘zallik salonlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
YeI sammitida Isroil G‘azoda inson huquqlarini poymol etayotganiga urg‘u berildi
Jahon | 07:47
-
BMT Keniyadagi norozilik namoyishlarida fuqarolar halok bo‘lganidan xavotirda
Jahon | 07:42
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022