21 aprel kuni Toşkent şahridagi YoDJU texnika institutida «Innovatsion ta'lim: xalqaro tajribalar, muammo va yeçimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda köplab nufuzli xorijiy ta'lim muassasalari professor öqituvçilari va ilmiy xodimlari, şuningdek, maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari hamda tinglovçilar iştirok etdi.
Jumladan, Özbekistondagi Rus madaniyati markazi vakili Tomçani Lyudmila, Moskva davlat pedagogika universiteti professori Yançenko Vladislav, AlmaU asosçisi Asilbek Kojaxmetov, Rus fan va madaniyat markazining rus tili dasturlari koordinatori Irina Suljina, Özbekiston Respublikasi maktabgaça ta'lim vazirining birinçi muovini Qahramon Alimov, Anoka Ramsey nomidagi Munitsipal kollejining Psixologiya departamenti psixologi Lauriye A.Volfe, Ukraina pedagogika fanlar milliy akademiyasining Pedagogika instituti ilmiy xodimi Vera Çudakova va boşqalar qatnaşdi.


Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning yana bir e'tiborli jihati ayni vaqtdagi holat böyiça ma'ruzaçilarning fikr almaşişi böldi. Ya'ni pandemik vaziyatda ta'lim sohasidagi özgarişlar, yuzaga kelayotgan muammolar ham muhokama qilindi.

Har bir ma'ruzaçi öz mavzusi böyiça nafaqat fikrlari, balki tajribalarini ham örtoqlaşdi. Xorijlik mehmonlar ham mazkur anjuman özaro fikr va tajriba almaşişga imkoniyat ekanini ta'kidlaşdi.
Psixologiya fanlari doktori, hozirda YoDJU texnika universitetida işlayotgan amerikalik Lauriye A. Volfening sözlariga köra, spikerlar tarkibi juda yaxşi va har bir spiker bir-biridan yangi ğoyalar oladi.

«Men psixologiya fanlari doktoriman va AQŞ elçixonasi tomonidan ajratilgan grant asosida hozir şu yerdaman. Hozirda YoDJU texnika universitetida öqituvçi sifatida işlayapman. Bu yerda turli yangi ğoyalarni va innovatsiyalarni har kuni körişingiz, turli malakali spikerlarni uçratişingiz mumkin. Biz yangi ğoyalarni yangi yöllar bilan örgatişga harakat qilamiz. Bugun örganganlarimizni kim qaysi sohada işlasa, öşa sohada qöllay oladi deb umid qilaman», — deydi anjuman iştirokçisi Lauriye Volfe.







