Özbekistonning nodavlat oliy öquv yurtlari orasida Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti birinçilardan bölib KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş töğrisidagi sertifikatlariga ega böldi.

KAZSEE Akkreditatsion kengaşining xulosasiga muvofiq, Toşkent şahridagi Yodju texnika institutining Muhandislik maktabi tarkibiga kiruvçi «Arxitektura va şaharsozlik», «Muqobil energiya», «Quriliş», «Axborot tizimlar muhandisligi», «Lift muhandisligi» yönalişlari akkreditatsiyadan ötkazildi.

Zamonaviy (elita) ta’lim assotsiatsiyasi KAZSEE agentligi muhandislik dasturi böyiça ENQA (The European Association for Quality Assurance in Higher Education) va FEANI (European Federation of National Engineering Associations) tarmoqlarining rasmiy a’zosi hisoblanadi.

Toşkent şahridagi Yodju texnika institutining muhandislik yönalişlari KAZSEE agentligining Prezidenti tavsiyasi hamda institutga auditorlik tekşiruvi bilan taşrif buyurgan ekspertlar guruhi xulosasi asosida xalqaro akkreditatsiyadan ötkazildi.

Toşkent şahridagi Yodju texnika institutining Biznes va Ta’lim maktablari tarkibiga kiruvçi «Biznesni boşqariş», «Turizm», «Maktabgaça ta’lim» «Boşlanğiç ta’lim» yönalişlari IQAA (Independent Agency for Quality Assurance in Education) mustaqil akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyadan ötkazildi.

IQAA agentligi Oliy ta’lim sifatini ta’minlaş agentliklarining xalqaro tarmoği (INQAAHE), Oliy ta’lim sifatini ta’minlaş böyiça Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA), Ta’lim sifatini ta’minlaş böyiça Osiyo-Tinç okeani tarmoği (APQN) kabi xalqaro tarmoqlarning a’zosi hisoblanadi. Şuningdek, Markaziy va Şarqiy Yevropa oliy ta’lim sohasida sifatni ta’minlaş agentliklari tarmoği (CEENQA), Xalqaro sifat guruhi CHEA (CIQG) tadbirlarda faol iştirok etadi.

Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti tomonidan xalqaro akkreditatsiyani qölga kiritilişi institut jamoasi uçun xalqaro ta’lim maydonida köpgina imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, ta’lim dasturlarini dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinişi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik örnatiş va rivojlantiriş, ta’lim jarayonlarining oşkoraligi va oçiqligini ta’minlaş, bitiruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş.