Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar,
Institut iqtisodiyotning turli sohalarida talabga javob beradigan, zamonaviy kasbiy bilimlarga va amaliy könikmalarga ega yuqori malakali bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi, sirtqi va keçki şakllarda, şuningdek, ikkinçi mutaxassislik böyiça özbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi.

Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti (keyingi örinlarda – Institut) ta’lim xizmatlarini körsatiş uçun barça litsenziyalarga ega va Özbekiston hududida institut tomonidan berilgan diplom tölaqonli tan olinadi. Institut Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2018 yil 24 iyuldagi №OT 0002 (0059) davlat litsenziyasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son “Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini taşkil etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida faoliyat olib boradi. Şuningdek, 2022 yil Özbekistonning nodavlat oliy öquv yurtlari orasida Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti birinçilardan bölib KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkazgani töğrisidagi sertifikatlariga ega böldi.
Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- IELTS 6.5 yoki TOPIK 4 darajaga ega bölgan abituriyentlar institutning 1-kursiga inşo va suhbat orqali qabul qilinadi;
- sönggi 2 yil içida matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, biologiya, kimyo va tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-örinlarni egallagan abituriyentlar töğridan töğri 1-kursiga tegişli ta’lim yönalişlariga qabul qilinadilar;
- kontrakt asosida öqişga kirgan talabalar uçun öqişni grant asosida davom ettiriş imkoniyati beriladi. Har yili institut ta’sisçilari tomonidan yoşlarni öz ustida muntazam işlaşga undaş, bilimli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida ta’lim granti ajratiladi;




















