Özbekistonda oilaviy tadbirkorlik bilan ikki şaklda şuğullaniş mumkin:
yuridik şaxs taşkil etgan holda – oilaviy korxona şaklida. Oilaviy korxonalar avvalboşdan işçilarni yollaşga haqli bölgan («Oilaviy tadbirkorlik töğrisida»gi Qonunning 4-moddasi 5-qismi);
yuridik şaxs taşkil etmagan holda – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomaga asosan. Unda yakka tartibdagi tadbirkorlik oilaviy tadbirkorlik şaklida amalga oşirilişi aks ettiriladi va birgalikda biznesni yurituvçi oila a'zolari körsatiladi. Bunda hozirga qadar doimiy işçilarni yollaş taqiqlangan edi (Yuridik şaxs taşkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandçilik faoliyatini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizomning 8-bandi).
Norma’ning yozişiça, «Oilaviy tadbirkorlik töğrisida»gi Qonunga oxirgi çeklovni bekor qilişga oid qöşimça kiritildi. Endi oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari yuridik şaxs taşkil etmagan holda quyidagilarga haqli:
birinçidan, uç nafargaça doimiy işçini yollab, ular bilan mehnat şartnomasi tuzişga. Aytaylik mazkur holatda Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini işçilarni yollagan holda amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom qöllaniladi;
ikkinçidan, mehnatga layoqatli yoşga tölgan boşqa yaqin qarindoşlarini, şu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini iştirokçi sifatida jalb etişga haqli.
Qonun 22.07.2020 yildan kuçga kirdi.








