Qurbonlik go‘shtini tarqatish uchun mashinada harakatlanish mumkinmi?
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tahririyatga Qurbon Hayiti kunlari so‘yilishi niyat qilingan qurbonliklarning go‘shtini tarqatish masalasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Xususan, qurbonlik go‘shtini tarqatish uchun avtomobilda harakatlanish mumkinmi?

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovning ma'lum qilishicha, joriy yil 31 iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, ya'ni avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.
Ta'kidlanishicha, mazkur cheklov maxsus ruxsatnomalar asosida harakatlanadigan avtotransport hamda Maxsus komissiyaning joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan avtotransport vositalari harakatlanishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
«Hurmatli fuqaro, sizning holatingizda, qilayotgan savobli ehsoningizni karantin qoidalariga rioya etgan holda, mahallangiz raisi va faollari hamkorligida hamda yordamida o‘zingiz yashayotgan mahalla xududida amalga oshirishingiz maqsadga muvofiq», - deydi G‘iyosov.
Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali fatvo hay'atining karantin sharoitida qurbonlik keltirish tartibi haqida batafsil ma'lumot bergandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 15:48
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

19:34 / 19.07.2021
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

13:44 / 19.07.2021
Hayit namozi o‘rniga Zuho namozi. U qanday ado etiladi?

23:26 / 16.07.2021
Hayit namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi. O‘rniga uyda Zuho namozi o‘qish tavsiya etildi

19:41 / 13.07.2021