Özbekistonda xizmat körsatgan artist, xonanda va bastakor Ruslan Şaripov 54 yoşda olamdan ötdi.

OAVda marhumning ölimiga koronavirus sabab bölgani haqida xabar tarqaldi. Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, u insultdan vafot etgan.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati marhumning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirgan.

«Özbekistonda hizmat körsatgan artist, xonanda va bastakor Ruslan Şaripov bugun 54 yoşda olamdan ötdi.

Ruslan Şaripov «Bolalar», «Setora», «Bayt» guruhlarini taşkil qilgan edi. 

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi marhumning oila-a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi», deyiladi xabarda.

Ruslan Şaripov 1966 yil Samarqand şahrida tuğilgandi. U qöşiqçi Nargiz Zakirovaning birinçi turmuş örtoği bölgan. Ularning bir farzandi bor – Sabina.